Qozog‘istonda koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi
Olam
−
12 iyun 2020 7382 1 daqiqa
Qozog‘iston Bosh vaziri Asqar Mamin Jambil viloyatida vaksina ishlab chiqaradigan biofarmatsevtika zavodi qurilishiga tamal toshini qo‘yib berdi. Bu haqda Hukumat Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Zavod xalqaro ishlab chiqarish amaliyotiga (GMP) muvofiq immunobiologik dori-darmonlarni, shu jumladan, koronavirus infeksiyasiga qarshi emlovchi vositalarni ishlab chiqaradi.
Hozirgi vaqtda Qozog‘iston ilmiy-tadqiqot institutining COVID-19 ga qarshi vaksinasi JSST ro‘yxatiga kiritilgan va klinik sinovlardan o‘tmoqda.
Qurilish ishlarini 2020 yil dekabrda yakunlash rejalashtirilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda 13 872 nafar odam koronavirusga chalindi. Bemorlarning 8 668 nafari sog‘aygan bo‘lsa, 68 nafari vafot etdi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28