Qozog‘iston KXSHTdan chiqishi aytilmoqda. Rasmiy Nur-Sulton izoh berdi

Olam

image

Ijtimoiy tarmoqlarning rus segmentida Qozog‘iston Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidagi ishtirokini to‘xtatishi haqida xabarlar tarqaldi.

Unda Qozog‘iston 2023 yil 1 yanvardan boshlab KXSHTga a’zolikni to‘xtatishni rejalashtirayotgani aytilgan.

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘istonning KXSHTdagi a’zoligini to‘xtatishi haqidagi ma’lumotni rad etdi.

“Alohida ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘iston KXSHTdan chiqishni rejalashtirayotgani haqida tarqalgan ahborot mutlaqo feyk va haqiqatga mos kelmaydi”, deyiladi TIV bayonotida.

Ta’kidlanishicha, Qozog‘iston tashkilotning tashkil etilishining boshida turibdi, uning faol ishtirokchisi. 

“KXSHTga a’zolik mamlakatimizning milliy manfaatlariga to‘liq javob beradi”, deya tushuntirgan vazirlik.

KXSHT qanday tashkilot?

KXSHTning vazifasi qo‘shin va yordamchi bo‘linmalarning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan shartnomada ishtirok etadigan mamlakatlarning hududiy-iqtisodiy makonini har qanday tashqi harbiy va siyosiy tajovuzkorlardan, xalqaro terrorchilardan, shuningdek keng ko‘lamli tabiiy ofatlardan himoya qilishdan iborat. Bugungi kunda ushbu tashkilotga 6 davlat: Rossiya, Belarus, Armaniston, Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zo.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

622

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing