Qozog‘iston Kiyevdagi elchixona xodimlarini shahardan olib chiqmoqchi

Olam

image

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi Ukrainadagi elchixonasi xodimlarini evakuatsiya qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda bugun, 11 oktyabr kuni kuni jurnalistlarga respublika Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarov ma’lum qildi. 

“Endi gap elchixonani yopish haqida emas, masala elchixonamiz xodimlarini evakuatsiya qilishda. Bu masala yaqin kunlarda hal bo‘ladi. Evakuatsiya to‘liq bo‘lishi mumkin”, dedi u. 

Shu bilan birga, Smadiyarov diplomatik xodimlar qaysi shaharga evakuatsiya qilinishi rejalashtirilayotganiga aniqlik kiritmadi. 

Shuni aytish o‘rinliki, joriy yilning mart oyi boshida Kiyevdagi vaziyat yomonlashgani sababli qozog‘istonlik diplomatlar vaqtincha Lvovga ko‘chirilgandi.

Kecha, 10 oktyabr kuni Qozog‘iston Ukraina poytaxti Kiyev va boshqa viloyatlarga qaqshatqich raketa zarbalari berilishi ortidan Qozog‘iston elchixonasi vatandoshlarini Ukraina hududiga sayohat qilmaslikka va iloji bo‘lsa, bu mamlakatni tark etishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya 10 oktyabr kuni Kiyev markazi, Kiyev viloyati, Dnepr, Ivano-Frankovsk, Xarkov, Xmelnitskiy, Kirovograd, Lvov, Nikolayev, Sumi, Ternopol,  Vinnitsa, Zaporoje va Jitomir viloyatlarini kuchli raketa zarbalariga duchor qildi. Ukraina butun mamlakat bo‘ylab havo ogohlantirishini e’lon qildi. 

Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Rostislav Smirnovning aytishicha, kamida 14 kishi halok bo‘lgan, 60 ga yaqin kishi jarohatlangan.

Mahalliy Telegram kanallari xabariga ko‘ra, portlashlar Ukraina xavfsizlik xizmati ma’muriyati binosi hududida, shuningdek, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Volodimirska ko‘chasidagi kabinetlaridan birida sodir bo‘lgan. Kiyev metrosida qizil chiziqda poyezdlar harakati to‘xtatildi, barcha yerosti stansiyalari boshpana sifatida ishlaydi. 

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 10 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan tezkor yig‘ilishda Ukrainadagi harbiy qo‘mondonlik, energetika va aloqa ob’ektlariga ommaviy zarba berilganini e’lon qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

15

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing