Qozog‘iston Xitoy bozoriga “hujum qilmoqda” 

Olam

image

Qozog‘iston o‘rta muddatli istiqbolda Xitoyga tayyor mahsulot eksportini 2,5 barobarga oshirish va uni 12,5 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan.  Bu haqda mamlakat Savdo va integratsiya vaziri Arman Shaqqaliyevga tayanib, “Orda.kz” xabar berdi.

“Birinchi navbatda, asosiy e’tibor Xitoyga qaratilgan. Biz o‘z oldimizga o‘rta muddatli istiqbolda tayyor mahsulot eksportini 2,5 barobarga oshirish va uni 12,5 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilib qo‘yganmiz”, deydi vazir. 

Bildirilishicha, Qozog‘iston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tovar ayirboshlashni davom ettiradi. Shaqqaliyevning so‘zlariga qaraganda, transchegaraviy savdo infratuzilmasi yaratilmoqda. 

“Yaqin Sharq mamlakatlarida talab yuqori bo‘lgan sovitilgan qo‘zi go‘shti, parranda go‘shti va ichki mahsulotlar kabilarni yetkazib berishni ko‘paytirish ustida ishlayapmiz. Qozoq oziq-ovqat va organik mahsulotlarni sotib olishga tayyor bo‘lgan Yevropa Ittifoqi bozorlari ham biz uchun ustuvor ahamiyatga ega”, deya qo‘shimcha qiladi Arman Shaqqaliyev.

 Habib Jo‘raboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qozog'iston bozor Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made