Qozog‘iston Xitoy bilan viza rejimini bekor qildi

Olam

image

Qozog‘iston va Xitoy o‘rtasidagi viza talablaridan o‘zaro voz kechish haqidagi kelishuv 10 noyabrdan kuchga kiradi. Bu haqda Qozog‘iston TIV ma’lum qildi.

“Qozog‘iston Respublikasi hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi hukumati o‘rtasida 2023 yil 17 mayda Sian shahrida viza talablaridan o‘zaro ozod qilish to‘g‘risidagi bitim tuzilgan. U 2023 yilning 10 noyabridan kuchga kiradi”, deyiladi Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi xabarida.

Bitim Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning XXRga davlat tashrifi doirasida imzolangan. Hujjat ikki davlat fuqarolariga davlat chegarasini kesib o‘tgan paytdan e’tiboran 30 kalendar kundan ortiq bo‘lmagan muddatga va 180 kalendar kun ichida jami 90 kalendar kunigacha vizasiz sayohat qilish imkonini beradi. Ilgari hujjatning kuchga kirish sanasi ko‘rsatilmagan edi.

Avvalroq, Eron O‘zbekiston bilan viza rejimini bekor qilish taklifi bilan chiqqani haqida ma’lum qilingan edi.

Markaziy Osiyo davlatlari orasidan Qirg‘iziston xorijliklarning mamlakatda vizasiz qolish shartlarini kuchaytirdi. Unga ko‘ra, Qirg‘iziston hukumati xorijliklarning "vizaran" tizimi yordamida soddalashtirilgan kirishini bekor qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston viza Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing