Qozog‘iston karantin cheklovlarini kuchaytirmoqda
Olam
−
25 dekabr 2020
5676Koronavirus pandemiyasi tufayli Qozog‘istonda yangi cheklovlar kuchga kirdi. Bu haqda mamlakat hukumati veb-saytida ma’lumot keltirilgan.
Unga ko‘ra:
- ko‘ngilochar, sport va boshqa ommaviy tadbirlar, shu jumladan Yangi yil va korporativ bazmlarini o‘tkazish taqiqlandi;
- epidemiologik vaziyat barqarorlashguncha Tengiz neft va gaz konida cheklov choralari kuchaytirildi;
- chakana savdo tarmog‘ida koronavirusga qarshi dorilarning narxi o‘rtacha 24 foizga pasaytirildi.
Shuningdek, Mangistau viloyatida ba’zi cheklovlar joriy etilmoqda. Tengiz koni joylashgan ushbu mintaqa va Atirau chegarasida sanitariya posti tashkil etilgan. Bozorlarning ish vaqti soat 18:00 gacha qisqartirildi, kinoteatrlar soat 20:00 gacha, savdo va ko‘ngilochar markazlar hamda gipermarketlar soat 22:00 da yopiladi.
LiveBarchasi