Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va Ozarbayjonda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar uchun muhim xabar

Jamiyat

image

Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari ushbu mamlakatlarda bo‘lishga ruxsatini beruvchi hujjatlari, viza va vaqtincha bo‘lish izni muddati tugasa ham javobgarlikka tortilmadi. Bu haqda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi a’zo davlatlar Tashqi mehnat migratsiyasi mas’ullari ishtirok o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi. 

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo mamlakatlar – Ozarbayjon, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiyaning migratsiya idoralari rahbarlarining videokonferensaloqa shaklidagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi direktori Baxtiyor Tursunov ham ishtirok etgan. 

Pandemiyaning ushbu besh mamlakat hududida yashaydigan fuqarolarga salbiy ta’sirini ko‘rib chiqib, rasmiylar yashash uchun ruxsat olish, viza va immigratsiya bilan bog‘liq boshqa muammolarni hal qilish bo‘yicha umumiy choralarni muhokama qildilar va tegishli masalalar bo‘yicha ma’lumot almashdilar. 

Tomonlar ushbu jarayonda viza va yashash huquqini buzgan fuqarolarga ma’muriy va jinoiy ish qo‘zg‘atilmasligi to‘g‘risida kelishib oldilar.

Ozarbayjon, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiya fuqarolariga ushbu mamlakatlar aeroportlari va chegara o‘tish punktlarida kutish joylarida har tomonlama yordam va immigratsiya imkoniyatlarini taqdim etish muhimligi ta’kidlanib, tomonlar immigrantlarning mamlakat hudida qonunchilikda belgilanganidan ortiq muddatda bo‘lishiga imkon berib, immigratsiya sharoitlarini vaqtincha yengillashtirishga kelishib oldilar. 

Uchrashuvda Bosh kotib tomonidan ma’lumot almashish, fuqarolarning viza va immigratsiya masalalarini hal qilish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish, qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish, pandemiya avj olgan paytda va undan keyin hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha Migratsiya masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh tuzish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.


Maqola muallifi

Teglar

o'zbekistonlik Turkiy kengash

Baholaganlar

288

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing