Qozog‘iston ikki fuqarolikni yashirganlik uchun jazoni kuchaytirmoqchi
Olam
−
20 fevral 2023
4178Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari ikki fuqarolikni qasddan yashirganlik uchun jazoni kuchaytirish uchun qonunchilikka o‘zgartirish kiritmoqchi. Bu haqda bugun, 20 fevral kuni Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Joriy yilda ikki fuqarolik faktlarining oldini olish maqsadida qonun hujjatlariga boshqa fuqarolikni qasddan yashirganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartishlar kiritish ko‘zda tutilgan. Boshqa fuqarolikni qabul qilishda oqibatlarga olib kelmaslik uchun xorijiy mamlakatlarga ketgan va boshqa fuqarolikni qabul qilgan Qozog‘istonning sobiq fuqarolari 30 kun ichida Qozog‘istonning konsullik muassasasiga fuqaroligini yo‘qotganligini qayd etish uchun murojaat qilishlari kerak”, deyiladi xabarda.
Ichki ishlar vazirligi ular qonun normalarini aniq qanday kuchaytirishni rejalashtirayotganiga aniqlik kiritmadi.
“O‘tgan yili ikki fuqarolik uchun 841 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lib, ulardan 138 nafari sud qarorlari bilan respublikadan chiqarib yuborilgan, qolganlari jarimaga tortilgan. So‘nggi besh yilda fuqarolik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun 3,5 ming kishi javobgarlikka tortildi, ulardan 3 mingdan ortig‘i jarimaga tortildi, 473 nafari mamlakatdan chiqarib yuborildi. Qozog‘iston fuqaroligi hamma uchun bekor qilindi”, deya tushuntirdi matbuot xizmati.
Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili 22 mingdan ortiq kishi Qozog‘iston fuqaroligini olgan. Ulardan Prezident farmoni bilan 1,4 ming kishi fuqarolikka, 17,5 ming nafardan ortig‘i kanda (qozoq millatiga mansub vatandoshlar) sifatida fuqarolikka, Qozog‘iston, Belarus, Qirg‘iziston va Rossiya o‘rtasida fuqarolikka qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi to‘g‘risidagi kelishuvga asosan 1,3 ming kishi, turmush qurgan ayolning fuqaroligi to‘g‘risidagi konvensiyaga muvofiq – 1, 8 ming kishi qabul qilindi.
Ma’lumot uchun, Qozog‘iston ikki fuqarolikni tan olmaydi. Qozog‘iston fuqaroligini yo‘qotgan shaxs tomonidan Qozog‘iston fuqarosining pasporti yoki shaxsiy guvohnomasidan foydalanganlik uchun ma’muriy javobgarlik nazarda tutiladi. Ikki fuqarolikka egalik faktini yashirganlik uchun 200 oylik hisob-kitob ko‘rsatkichi (1 oylik hisob ko‘rsatkichi 3450 tenge yoki 7,7 AQSH dollari) miqdorida jarima solinadi yoki respublikadan chiqarib yuboriladi.
LiveBarchasi