Qozog‘iston ichki aviaqatnovlarni to‘liq tiklayapti

Jamiyat

image

Qozog‘istonda ichki aviaqatnovlar 25 maydan to‘liq qayta tiklanadi. Parvozlar kuchaytirilgan sanitariya xavfsizligi qoidalariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.

Xususan, yo‘lovchilar samolyot bortiga chiqishlari uchun niqob, qo‘lqop kiyib olishlari, masofani saqlashlari kerak. Koronavirus yo‘qligi haqidagi ma’lumotnomani olish esa bekor qilindi.

Aeroportlar va havo laynerlarini dezinfeksiya qilish ishlari kuchaytirilgan.

Bundan tashqari, Nur-Sulton shahrida 1 iyundan barcha bolalar bog‘chalari va boshqa qo‘shimcha ta’lim muassasalari ochiladi.

Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda bugungacha 7597 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 3843 nafari sog‘aygan va 35 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Qozog'istonda

Baholaganlar

37

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing