“Qozog‘iston go‘zali – 2000” tanlovi ishtirokchisi uyidan o‘lik holda topildi
Madaniyat-san’at
−
29 noyabr 2022
17877Kecha, 28 noyabr kuni Moskvadagi “Oy” teatrining 37 yoshli aktrisasi Natalya Semago (Steshenko) o‘z uyida o‘lik holda topildi. Bu haqda “Ekspress K” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, uni farzandi hushsiz holda ko‘rgan va qo‘shnilarni yordamga chaqirgan. Ular esa tez yordamga qo‘ng‘iroq qiladi. Ammo shifokorlar yetib kelganida uning joni uzilgan edi.
Dastlabki xulosalarga ko‘ra, qotillik alomatlari mavjud emas.
Teatr rasmiy saytida, Natalya ajoyib ijodkor bo‘lish barobarida mehribon, samimiy va saxovatli inson bo‘lgani e’tirof etilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Natalya Semago 1984 yilning 3 dekabr kuni Qozog‘istonning Pavlodar shahrida tug‘ilgan. U musiqa va matematikaga ixtisoslashgan maktabni tamomlagan va “Qozog‘iston go‘zali – 2000” tanlovida ishtirok etgan.
Natalya Semago “Butunrossiya davlat kinematografiya instituti”da o‘qigan va 2006 yilda “Oy” teatri truppasiga qabul qilingan. Aktrisa 2005 yilda “Aldangan rafiqalar ligasi” va 2012 yilda “Inspektor Kuper” seriallarida suratga tushgan edi.
LiveBarchasi