Qozog‘iston G‘azodagi xavfsizlik kuchlariga qo‘shin yuboradi (video)

Olam

image

Beshta davlat, jumladan, Qozog‘iston G‘azo uchun Xalqaro xavfsizlik kuchlariga (XXK) qo‘shin yuborishga rozilik bildirgan. Bu haqda bugun, 19 fevral kuni qo‘mondon Jasper Jeffers AQSH Prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tuzilgan “Tinchlik kengashi”ning birinchi yig‘ilishida ma’lum qildi.

“XXKda xizmat qilish uchun besh davlat askar yuborishga rozilik bildirdi – Indoneziya, Marokash, Qozog‘iston, Kosovo va Albaniya. Ikki davlat esa politsiyani tayyorlashga mas’ul – Misr va Iordaniya”, deydi qo‘mondon Jasper Jeffers.

Shuningdek, u XXK dastlab G‘azo janubidagi Rafahda joylashish, politsiyani tayyorlash va keyinchalik sektor-sektor bo‘lib kengayishini ma’lum qilgan.

Uzoq muddatli rejaga ko‘ra, 20 000 XXK askari va 12,000 politsiyani tayyorlash ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp ma’muriyati G‘azo sektorida 5 ming nafar harbiyni joylashtirish uchun 350 akrdan ortiq (1,4 kvadrat kilometrdan ziyod) hududda harbiy baza qurishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston G'azo Xalqaro xavfsizlik kuchlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing