Qozog‘iston dizel yoqilg‘isi importiga kiritilgan taqiqni uzaytirdi
Olam
−
02 noyabr 2020
2640Qozog‘iston rasmiylari dizel yoqilg‘isi importiga nisbatan ilgari kiritilgan taqiqni kelasi yilning aprel oyigacha uzaytirmoqchi. Bu haqda bugun, 2 oktyabr kuni Respublika Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
"Biz dizel yoqilg‘isi importini taqiqlashni kelgusi yilning aprel oyiga qadar uzaytirishni rejalashtiryapmiz. Bunda qishgi va arktika yoqilg‘isi mustasnodir. Shuni ta’kidlashni istardimki, bu borada yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. Ammo ichki bozorni dizel yoqilg‘isi bilan to‘ldirish uchun zarur shartlar mavjud", dedi Qozog‘iston Enernetika vaziri Nurlan No‘gayev.
Uning ta’kidlashicha, mamlakat hukumati koronavirus pandemiyasi paytida omborxonalarda ortiqcha zaxiralarni yo‘q qilish choralarini ko‘rgan. "Shu tufayli biz fabrikalarimiz to‘xtab qolishiga yo‘l qo‘ymadik va ichki yoqilg‘i-moylash bozorida muvozanatni saqlab qoldik", deya izoh berdi vazir.
Ma’lumot uchun, 13 oktyabrda Qozog‘iston Energetika vazirligi respublikaga 2020 yil 1 noyabrgacha temir yo‘l, avtomobil va quvur transporti orqali benzin, aviatsiya va dizel yoqilg‘isini olib kirishni taqiqladi. Vazirlikda tushuntirilganidek, bunday choralar ishlab chiqarilgan va iste’mol qilinadigan neft mahsulotlari hajmlari o‘rtasida qulay muvozanatni ta’minlaydi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, ichki bozorda neft mahsulotlari zaxiralari darajasi ancha yuqori va import qilinadigan yoqilg‘ining qo‘shimcha hajmlarini olish mahalliy neftni qayta ishlashga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Shu iyul oyi boshida Qozog‘iston hukumati benzin, aviatsiya va dizel yoqilg‘isi importiga 1 sentyabrgacha vaqtincha taqiq joriy qilgan edi.
LiveBarchasi