Qozog‘iston boks bo‘yicha JCH uchun tarkibini e’lon qildi

Sport

image

Qozog‘iston terma jamoasining 2021 yildagi eng muhim ikkinchi musobaqa Jahon chempionati uchun yakuniy tarkibi e’lon qilindi. Ushbu ro‘yxatdagi bokschilar bosh murabbiy Qayrat Satjanov boshchiligidagi murabbiylar shtabi tomonidan ikkita yig‘in o‘tkazilgan va bahsli vazn toifalari vakillari sparring mashg‘ulotlari natijalariga ko‘ra tanlangan.

Belgrad-2021 JCH uchun jamoa ro‘yxati quyidagicha:

48 kg:
Temirtas Jusupov

51 kg: 
Saken Bibosinov

54 kg: 
Mahmud Sabirxan

57 kg: 
Serik Temirjanov

60 kg: 
Samatali Toltayev

63,5 kg: 
Sanatali Toltayev

67 kg: 
Ablayxan Jussupov

71 kg: 
Aslanbek Shimbergenov

75 kg: 
Nurkanat Rays

80 kg: 
Nurbek Oralbay

86 kg: 
Bek Nurmaganbet

92 kg: 
Aybek Oralbay

+92 kg:
 Nurlan Saparbay

Eslatib o‘tamiz, musobaqa sovrin jamg‘armasi 2,6 million dollarni tashkil qiladi. Oltin medal sohiblariga 100 ming AQSH dollari, kumush medal egalariga 50 ming AQSH dollari, bronza medal sovrindorlariga esa 25 ming AQSH dollari mukofot sifatida taqdim etiladi.

Ma’lumot uchun, Qozog‘iston matbuoti tomonidan Qamshibek Konkabayev terma jamoaga chaqirilmagani muhokama qilinmoqda. Olimpiada finalchilari – Bahodir Jalolov va amerikalik Richard Torres musobaqada ishtiroq etmayotgani uchun superog‘ir vazn toifasida aynan Konkabayevni oltin medal uchun da’vogar bo‘lishi haqida ta’kidlanyapti.


 


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Boks Qamshibek Konkabaev Temirtas Jusupov

Baholaganlar

87

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing