Qozog‘iston benzin va dizel eksportini ham taqiqladi

Olam

image

Qozog‘iston temiryo‘l orqali benzin hamda dizel yonilg‘isini eksport qilishga taqiq joriy etdi. Bu haqda tegishli buyruqqa tayanib, “Nur.kz” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qozog‘iston Energetika vazirligi, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi mamlakat ichki bozorida yoqilg‘i tanqisligini oldini olish maqsadida benzin va dizel yoqilg‘isini eksport qilishni taqiqlash bo‘yicha qo‘shma buyruq chiqargan.

Unga ko‘ra:

  • Temiryo‘l orqali benzin va dizel yoqilg‘isini olib chiqish taqiqlanadi;
  • Faqat tasdiqlangan yetkazib berish rejalariga muvofiq benzin eksport qilishga ruxsat beriladi;
  • Tabiiy ofatlar, avariyalar yoki falokatlarning oqibatlarini bartaraf etish uchun ko‘rsatilayotgan gumanitar yordam doirasida neft mahsulotlarini olib chiqishga ruxsat beriladi.

Mazkur cheklov joriy yil 1 fevraldan 29 martgacha amal qiladi.

Oldinroq, 2024 yil 29 sentyabrdan boshlab avtomobil transporti orqali benzin va dizel yoqilg‘isini olib chiqishga taqiq joriy etilgandi. Faqat avtomobillar baklaridagi yonilg‘ini chiqarishga ruxsat bor. Ushbu cheklov joriy yil mart oyi oxirigacha davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yil 28 yanvardan boshlab Qozog‘iston hududidan uchinchi davlatlarga kartoshka olib chiqishga taqiq joriy etilgani xabar qilingandi. Cheklov Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlariga tatbiq etilmaydi, ya’ni ushbu mamlakatlarga eksport davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston eksport benzin dizel'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing