Qozog‘iston armiyasida ko‘ngillilar paydo bo‘ladi
Olam
−
31 Oktabr
3269Qozog‘iston Majlisi (parlament quyi palatasi) deputatlari fuqarolarga safarbarlik, harbiy holat, shuningdek, urush davrida ko‘ngilli bo‘lish imkonini beruvchi qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda “Tengrinews.kz” xabar berdi.
Hujjatga ko‘ra, endi qonunchilikda “ko‘ngilli” tushunchasi paydo bo‘ladi.
“Ko‘ngillilardan iborat o‘zini-o‘zi mudofaa qilish bo‘linmalari mahalliy harbiy hokimiyatlar negizida tuziladi va ularga bevosita bo‘ysunadi. Tinchlik davrida tayyorgarlik ko‘rish bir qator tadbirlarni o‘z ichiga olgan, jumladan, ko‘ngillilar uchun o‘quv mashg‘ulotlarni ham”, dedi Mudofaa vaziri o‘rinbosari Sulton Kamaletdinov.
Shuningdek, agar ko‘ngillilar jangovar missiyada bo‘lsa, ularga harbiy qo‘mondonlik va nazorat organlari rahbarlik qiladi. Agar vazifalar yordamchi yoki ta’minot bo‘yicha bajariladigan bo‘lsa, ular mahalliy ijro organlariga bo‘ysunadi.
Qozog‘iston qonunchiligiga ko‘ra, mamlakatga qarshi tajovuz holatlari yoki uning xavfsizligiga bevosita tashqi tahdid yuzaga kelganda butun Qozog‘iston hududida yoki uning ayrim hududlarida harbiy holat joriy etish asosi mavjud bo‘ladi. Mamlakatning butun hududida yoki ayrim hududlarida harbiy holat Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan joriy etiladi. Harbiy holat joriy etilganda Prezident tomonidan, agar ilgari e’lon qilinmagan bo‘lsa, qisman yoki umumiy safarbarlik e’lon qilinadi.
LiveBarchasi