Qozog‘iston aeroportlarida ham xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Olam

image

Bugun, 1 maydan boshlab Qozog‘iston aeroportlarida xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Bu haqda mamlakat Transport vazirligining Fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasi xabar berdi.

Bildirilishicha, mamlakatning barcha aeroportlarida, vokzal, avtoturargohlar va yo‘lovchi terminallari yaqinidagi hududlarda xavfsizlikni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar yo‘lga qo‘yilgan. 

Taqiqlangan narsalarni olib o‘tishning oldini olish uchun yo‘lovchilar terminaliga kirishda birinchi skrining liniyasi joriy etilgan. 

Shu sababli yo‘lovchilardan reyslarga ro‘yxatdan o‘tish uchun aeroportlarga ertaroq kelishlari so‘ralgan. 

"Yangi tartib fuqaro aviatsiyasi havo transporti infratuzilmasining aviatsiya xavfsizligi holatini profilaktika qilish va baholash bilan bog‘liq", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya hududiga kirmoqchi bo‘lgan 20-35 yosh oralig‘idagi xorijliklarga nisbatan nazorat tadbirlari kuchaytirilgani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston aeroport

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing