Qozog‘iston 4 kunlik ish haftasiga o‘tish arafasida turibdi

Olam

image

Joriy yilning iyul oyidan Qozog‘iston Respublikasida to‘rt kunlik ish haftasi joriy etildi. Bu haqda “Tengrinews.kz” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 20 aprel kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Ijtimoiy Kodeks va unga ilova qilingan 3 ta o‘zgartirish paketini imzolagan Mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlar boshqa yangiliklar qatorida to‘rt kunlik ish haftasi konsepsiyasini joriy etishni nazarda tutadi va u tomonlarning kelishuviga binoan o‘rnatilishi mumkin.

Garchi yangi tartib joriy etilsada, mamlakatda besh va olti kunlik ish haftalari saqlanib qoladi. Umumiy dam olish kuni yakshanbaga to‘g‘ri keladi, qolgan dam olish kunlari jamoa shartnomasida va mehnat qoidalariga ko‘ra belgilanadi.

Shuningdek, qo‘shimcha ishlarning davomiyligi oyiga 12 soatdan oshmasligi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston to'rt kunlik ish haftasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing