Qozog‘iston 93 million “bekorchi”ga YeOIIda ish topish tashabbusi bilan chiqdi

Olam

image

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari Qozog‘iston tashabbusi bilan ittifoq doirasida faoliyat yurituvchi elektron mehnat birjasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda respublika Savdo va integratsiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

“Mavjud ish o‘rinlari va bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanish imkonini beruvchi “Chegarasiz ish” yagona qidiruv tizimi ishga tushirildi. Yevroosiyo elektron mehnat birjasini (Qozog‘iston Respublikasi tashabbusi) rivojlantirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.  

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda YeOII davlatlarining mehnatga layoqatli fuqarolari soni 93 millionni tashkil etadi, ular uchun ittifoqning istalgan davlatida ishlash uchun teng sharoitlar yaratilgan. 

Vazirlik, shuningdek, YeOII doirasida bandlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ulkan ishlar amalga oshirilganini bildirgan.  

“Masalan, joriy yilda YeOII platformasi bo‘yicha YeOIIga a’zo davlatlarda ilmiy darajalar to‘g‘risidagi hujjatlarni o‘zaro tan olish to‘g‘risida kelishuv imzolandi, bu esa ish bilan ta’minlangan davlatning milliy qonunchiligiga muvofiq ta’lim hujjatlarini tan olish tartib-qoidalarini amalga oshirmaslik imkonini beradi. Ko‘pgina mutaxassisliklar bo‘yicha (pedagogik, yuridik, tibbiy va farmatsevtikadan tashqari) ta’lim hujjatlari YeOIIga a’zo davlatlar hududlarida o‘zaro tan olinadi va bu mehnat migrantlarini hujjatlarni tan olishning uzoq va qimmat protseduralaridan o‘tishdan ozod qiladi”, deyiladi matbuot xabarnomasida.

Bundan tashqari, tashkilot mamlakatlaridagi ishchilar uchun pensiyalarni hisoblash masalasi hal etilgani eslatilgan.

Ma’lumot uchun, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga Rossiya boshchiligida Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zo. O‘zbekiston 2020 yil 11 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi onlayn sammitida Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomini olgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomini olganini urg‘ulab, ushbu tashkilotga a’zo bo‘lgan davlatlar bozorlarida to‘laqonli ishtirok etish uchun milliy texnik tartibga solish me’yorlarini ularning talablariga moslashtirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish zarurligini aytgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston EOII

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing