Qozog‘iston 231 nafar fuqarosini Suriyadan evakuatsiya qildi

Olam

image

Joriy yilning 7 va 9 may kunlari 231 nafar qozog‘istonlik Suriyadan vataniga evakuatsiya qilindi. Shulardan 156 nafar maktab yoshidagi bolalar, 18 nafari yetim. Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning shu to‘g‘ridagi bayonoti “Oqo‘rda” rasmiy saytida e’lon qildi.

Qayd etilishicha, bu keng ko‘lamli insonparvarlik aksiyasi Qozog‘istonning birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev ko‘rsatmasi bilan joriy yilning yanvar oyi boshida o‘tkazilgan “Jusan” amaliyotining davomi bo‘lgan.

Evakuatsiya qilingan barcha Qozog‘iston fuqarolari bilan davlat idoralari va nodavlat tashkilotlar reabilitatsiya tadbirlarini o‘tkazgan. Tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan.

“Qozog‘iston terrorchilikka qarshi kurash va qiyin vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga har tomonlama yordam ko‘rsatishdagi o‘z majburiyatlarini tan oladi. Insonparvarlik aksiyasi davom ettiriladi. Bizning insonlardan hech kim taqdir izmiga tashlab qo‘yilmaydi”, deyiladi xabarda.

Qosim-Jomart Toqayev mamlakat Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi va boshqa davlat organlariga, shuningdek, insonparvarlik aksiyasini o‘tkazishda ishtirok etgan xalqaro sheriklarga minnatdorlik bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Suriya evakuatsiya

Baholaganlar

36

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing