Qozog‘iston 10 dan ortiq oziq-ovqat mahsuloti eksportini to‘xtatdi
Olam
−
31 mart 2020
7492Qozog‘iston mamlakatga mahsulot olib kirishni maksimal darajada soddalashtirdi va ayrima oziq-ovqat mahsulotlarining eksportini taqiqladi. Bu haqda mamlakat Moliya vazirligining Davlat daromadlari qo‘mitasi saytida ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, Qozog‘istonga import qilinadigan mahsulotlar uchun “yashil yo‘lak” tashkil etilgan, bojxona to‘siqlari, tekshiruv va nazorat to‘lovlari bekor qilingan.
Bundan tashqari, 22 martdan Qozog‘iston hukumati grechixa, un, shakar, kartoshka, sabzi, sholg‘om, lavlagi, piyoz, karam, kungaboqar urug‘i, kungaboqar yog‘ini mamlakatdan olib chiqilishiga taqiq qo‘ygan. Taqiq YeOII davlatlariga aloqador emas.
Qozog‘istonning Xitoy bilan chegaradagi “Nurli jol” va “Dostik” nazorat o‘tkazuv-punktlari;
O‘zbekistona bilan “Qazigurt”, “Qoplonbek”, “B.Konisbayeva”, “Otamakon”, “Tajen” o‘tkazuv punktlari;
Turkmaniston bilan “Temir bobo”;
Rossiya bilan “Kayrak”, “Jana jol”, “Karakoga”, “Sharbakti”, “Urlitobe”, “Kosak”, “Ovul”, “Ube”, “Jaysan”, “Alimbet”, “Sirim”, “Kurmangazi”, “Taskala”, “Jonibek” chegara nazorat punktlari ochiq qolgan.
Qozog‘istonda bugungacha 325 kishida koronavirus aniqlandi. Ularning 21 nafari shifo topdi, 2 nafari vafot etdi.
LiveBarchasi