Qotil yo‘llar. 2021 yilda qancha odam YTHlar qurboni bo‘ldi?

Jamiyat

image

2021 yil O‘zbekistonda jami 10 001 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan, buning natijasida 2 426 nafar odam halok bo‘lgan. Bundan tashqari, 9 230 nafar fuqaro jarohatlangan.  Bu haqda Ichki Ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Statistikaga ko‘ra,  yo‘l-transport hodisasining sodir etilishi bo‘yicha Farg‘ona viloyati yetakchilik qilmoqda. Hududlar bo‘yicha sodir etilgan yo‘l-transport hodisalarining soni quyidagicha:

•  Andijon viloyati-848 ta;
•  Buxoro viloyati-436 ta;
•  Farg‘ona viloyati-1 469 ta;
•  Jizzax viloyati-321 ta;
•  Xorazm viloyati-342 ta;
•  Namangan viloyati-1 082 ta;
•  Navoiy viloyati-329 ta; 
•  Qashqadaryo viloyati-552 ta;
•  Qoraqalpog‘iston respublikasi-506 ta;
•  Samarqand viloyati-1129 ta;
•  Sirdaryo viloyati-202 ta;
•  Surxondaryo viloyati-376 ta;
•  Toshkent viloyati-1336 ta.

Avvalroq, haydovchilikka o‘qitish va guvohnoma berish bo‘yicha yangi tizim yaratilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edik. Buning asosiy sabablaridan biri O‘zbekistonda yo‘l-transport hodisalarining 75 foizini 35 yoshgacha bo‘lganlar sodir etganidir.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Ichki Ishlar vazirligi

Baholaganlar

72

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing