“Qoshiqchi ishi”: Aybdorlarning 5 nafari o‘lim jazosiga hukm qilindi
Olam
−
23 dekabr 2019 8266 1 daqiqa
Saudiya Arabistonida sud jurnalist Jamol Qoshiqning o‘limida ayblangan besh kishini o‘lim jazosiga hukm qildi. Bu haqda mamlakat Bosh prokuraturasi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda RT.
Qoshiqchi qotilligi bo‘yicha yana uch figurant 24 yil qamoq jazosiga hukm qilindi. Ma’lumot uchun, Qoshiqchi qotilligi bo‘yicha 11 kishi jinoiy ish figurantiga aylangandi.
Tergov qotillik oldindan o‘ylangan aniq maqsad uchun amalga oshirilmaganini aniqlagan.
Eslatib o‘tamiz, Qoshiqchi 2018 yil 2 oktyabr kuni Saudiya Arabistoni Podshohligining Istanbuldagi Bosh konsulxonasida o‘ldirilgandi. Keyinroq Saudiya hukmron doiralari jurnalist diplomatik korpusda mojaro sabab o‘ldirilganini ma’lum qilgandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust