Qoraqalpog‘istonning yangi Ekologiya vaziri tayinlandi

Jamiyat

image

Leyli Pulatovna Seytova Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi xabar berdi.

Seytova tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi a’zosi, Nukus tumani moliya bo‘limi boshlig‘i va boshqa lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, 16 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Bo‘zatov tuman kengashining birinchi sessiyasida Botirbek Ongarbayevich Ubbiniyozov ushbu tumanga hokim etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ekologiya Qoroqalpog'iston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing