“Qorbobojon qorbobo...” nomli videoni ulashgan fuqaro 3 yilga qamaldi

3-sahifa

image

“Qorbobojon qorbobo, jahannamda bor bobo” nomli aqidaparastlik g‘oyasini targ‘ib qiluvchi videoni ulashgan 28 yoshli fuqaro 3 yilga kesildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati sudi matbuot kotibi Asqar Qudratov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi. 

Bildirilishicha, 1996 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan fuqaro T.J. joriy yilning 25 yanvar kuni o‘zining Instagram sahifasida noma’lum ijrochi tomonidan ijro etilgan “Qor bobojon qor bobo, jahannamda bor bobo...” deb boshlanuvchi aqidaparastlik g‘oyasini targ‘ib qiluvchi qo‘shiq mavjud bo‘lgan videomaterialni tarqatgan.

Sudlanuvchi T.J. sudda, o‘ziga qo‘yilgan aybga iqrorlik bildirib, taqiqlangan diniy mazmundagi materiallarni tarqatish jinoyat ekanligini bilmasligini aytgan.

Jarqo‘rg‘on tuman sudi T.J. ni  O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3- qismining “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topib, unga nisbatan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.


Maqola muallifi

Teglar

video Qorbobojon aqidaparast

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing