WhatsApp yangi funksiyasini taqdim etadi

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

WhatsApp messenjeri yaqin kunlarda foydalanuvchilarga videolarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xabar almashish ilovasida yozib olish va yuborish imkonini beruvchi yangi funksiyani ishga tushiradi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Bunday tezkor video xabarlar 60 soniyagacha davom etishi mumkin va ilovaning shifrlash xizmati bilan himoyalangan.

"Bizning fikrimizcha, bu yaxshi lahzalarni his-tuyg‘ular bilan baham ko‘rishning qiziqarli usuli bo‘ladi. Xoh kimnidir tug‘ilgan kuni bilan tabriklash bo‘lsin, xoh hazil yoki xushxabarni yetkazish", dedi kompaniya blog postida.

Yangi xususiyat platformada ovozli xabar yuborishga o‘xshaydi, deb qo‘shimcha qildi kompaniya. Ammo bu funksiya Instagram kabi boshqa platformalardan farqli ravishda videoni qo‘l ishtirokisiz yozib olishga imkon beradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangilanishni ilovaga joriy etish ishlari boshlandi va kelgusi haftalarda ushbu imkoniyat hamma uchun mavjud bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, WhatsApp iyun oyida bir qurilmada bir nechta akkauntlardan foydalanish imkonini beruvchi funksiyasini qo‘shmoqchi ekanligini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

video WhatsApp funktsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made