Qorasuvdagi fojiada bolakay vafot etdi

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida gaz portlagani va bir kishi 9 qavatdan sakrab vafot etgani xabar qilingandi. Toshkent shahar hokimligi holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, voqea oqibatida bir necha kishi, jumladan ikki nafar bola jarohat olgan. Bir bola shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etgan, ikkinchisi shifokorlar nazorati ostida. Barcha jabrlanganlar tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.

Bildirilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan holat bo‘yicha tezkor shtab tashkil etilgan. Hodisa sodir bo‘lgan ko‘p qavatli uyda qo‘shni xonadonlar ham zarar ko‘rgani aniqlangan. Hozirda shahar va Mirzo Ulug‘bek tumani hokimliklari tomonidan ularning xavfsizligi va qulay sharoitlarini ta’minlash maqsadida, oila a’zolari bilan birga mehmonxonaga vaqtincha joylashtirish choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, ular issiq ovqat bilan ta’minlangan. Mutasaddi tashkilotlar tomonidan zararni baholash va bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanidagi uyda gaz chaqnashi oqibatida II guruh nogironi I. T. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in Qorasuv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing