Qorasuv kanalidan noxush hid va rangli suv kelyaptimi? Vazirlik “tilga kirdi”
Jamiyat
−
04 may 2023 9479 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani Qorasuv-4 mavzesi hamda Ahmad Yugnakiy ko‘chasi hududidan oqib o‘tuvchi Qorasuv kanalidan noxush hid va rangli suv kelayotganligi to‘g‘risidagi xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Tabiat resurslari vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi Matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, holat yuzasidan ishchi guruh tuzilib, ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha o‘rganishlar olib borilgan.

O‘rganish natijasida Qorasuv kanali suvi toza ekanligi va noxush hid yo‘qligi aniqlangan. Boshqarma laboratoriyasi tomonidan Qorasuv kanali suvidan tahlil uchun namunalar olingan.
“Olingan namunalar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qilamiz”, deyiladi berilgan munosabatda.