Qoraqalpog‘istonning uchta tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘istonda birdaniga uchta hokim o‘zgardi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Nukus shahri va Qorao‘zak, Chimboy tumanlari rahbarlari o‘zgargan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Nukus shahriga Panayev Utemurat vaqtinchalik hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Utemurat Panayev shu vaqtga qadar “Titan sement” MCHJ O‘zbekiston – Xitoy qo‘shma korxonasi bosh direktori, Nukus shahri “Titan DSZ” MCHJ raisi lavozimlarida ishlab kelgan.

Utambetov Uzaqbergen Qorao‘zak tumaniga hokim etib tayinlangan. U tayinlovga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Bundan tashqari, Tajetdinov Aybek Chimboy tumaniga hokim etib tayinlandi. U bungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Nukus Qoraqalpog'iston

Baholaganlar

166

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing