Qoraqalpog‘istonning tumanlaridan birida hokim o‘zgardi

Jamiyat

image

Joriy yilning 25 may kuni Qorao‘zak tumani xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari 48-sessiyasida Jo‘qorg‘i Kenges raisi farmoyishga asosan Roman Abdikadirovich Jumabayev Qorao‘zak tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Kruz.uz nashri xabar tarqatdi. 

Ma’lumot uchun, Roman Abdikadirovich Jumabayev 2010 yilning 25 oktyabridan buyon “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali direktori lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.

U shu kunga qadar Qorao‘zak tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Utemuratov Dauletbay o‘rnini egalladi.

Ma’lumot uchun, Dauletbay Utemuratov Qoraqalpog‘iston tarixida eng uzoq vaqt davomida bitta tumanga rahbar bo‘lgan hokim edi. U 2010 yildan boshlab Qorao‘zak tumanini boshqarib kelayotgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston Tayinlov

Baholaganlar

20

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing