Qoraqalpog‘istonga Transport vaziri tayinlandi
O‘zbekiston
−
15 Sentyabr 2023 8193 1 daqiqa
Bayram Maxsetovich Yusupov Qoraqalpog‘iston Transport vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 15 sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumi qarori bilan Bayram Yusupov Qoraqalpog‘iston Transport vaziri vazifasini bajaruvchi lavozimini egallagan.
2022 yil noyabr oyidan beri mazkur vazifani Mamanbiy Omarov bajarib kelayotgan edi. U O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 12 sentyabrdagi qarori bilan Transport vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.
Mamanbiy Omarov faoliyati davomida O‘zbekiston Transport vazirligining Xalqaro aloqalar, logistika va eksportni rag‘batlantirish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ham ishlagan.
Live
BarchasiShavkat Mirziyoyev Ummonga bordi
16 Noyabr
Bangladeshda tikuvchilar ish tashlamoqda
16 Noyabr