Qoraqalpog‘istondagi YTHda 28 yoshli yigit vafot etdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Qoraqalpog‘iston Respublikasida ikki avtomobil ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir nafar fuqaro vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 13 fevral kuni tungi soat 01:15 atrofida Amudaryo tumanida Lacetti va Damas ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. 

Lacetti haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini buzib, yo‘lning qarama-qarshi tarafiga chiqib ketgan. Oqibatda haydovchi yo‘nalishi bo‘ylab to‘g‘ri harakatlanib kelayotgan Damas bilan to‘qnashgan.

Mazkur YTH oqibatida 1995 yilda tug‘ilgan Lacetti haydovchisi vafot yetgan. Damas haydovchisi esa jarohat bilan bilan shifoxonaga olib ketilgan va jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. 

Shuningdek, Damas mashinasidagi 1977 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi bosh miya jarohati, ichki a’zo yorilishi tashxisi bilan shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 14 fevral kuni Toshkent shahrida 2 yoshli bola Captiva urib yuborishi oqibatida vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qoraqalpog'iston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing