Qoraqalpog‘istondagi voqealar ortidan 516 kishi qo‘lga olingandi. Nega 22 kishi sudlanyapti?

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, Buxoro viloyat sudida 2022 yil iyul oyida Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayonlari davom etmoqda.

Jamoatchilik esa Milliy gvardiya hamda Bosh prokuratura mas’ullarining iyul oyidagi ommaga e’lon qilgan ma’lumotlarida namoyishlardagi ishtiroki uchun 516 kishi qo‘lga olingani ma’lum qilinganini eslatib, qolgan shaxslar qayerda degan mazmundagi savollar bilan murojaat qilmoqda.

Shu munosabat bilan Qoraqalpog‘istondagi tartibsizliklarni o‘rganish uchun tuzilgan maxsus komissiya holatga izoh berdi.

Qayd etilishicha, sud jarayonlarida 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa, qo‘lga olinganlarning 107 nafari Komissiya tashabbusi bilan jamoat kafilligi va qamoq ehtiyot chorasi insonparvarlik tamoyili asosida uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasiga almashtirilishi orqali o‘z oilasi bag‘riga qaytarilgan. Qolgan shaxslar esa ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Sud majlisida kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish hamda ular yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha komissiya a’zolarining ma’lum qilishicha, sud jarayonlari qonunchilikka muvofiq o‘tkazilmoqda. 

Komissiya ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 29 noyabr kungi sud jarayonlarida namoyishlarga boshchilik qilgan Dauletmurat Tajimuratovga nisbatan guvohlarning fikrlari o‘rganilgan. Komissiya jarayonlarni kuzatib bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

sud Qoraqalpog'istondagi tartibsizliklar

Baholaganlar

263

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made