Qoraqalpog‘istondagi tartibsizliklar bo‘yicha 22 kishiga nisbatan sud boshlanyapti
Jamiyat
−
27 noyabr 2022
8964Joriy yilning 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarga doir jinoyat ishi yuzasidan sud jarayoni ertaga, 28 noyabr kuni boshlanadi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 10:00 da Buxoro viloyat sudi binosida 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Ye. Abibullayev raisligida birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqiladi.
Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra sudlanuvchilar D. Tajimuratov, L. Kallixanova, A. Turdanov, A. Smetullayev, D. Jiyemuratov, B. Kadirbergenov, B. Seytniyazov, A. Toqimbetov, Q. Seytimov, A. Nuratdinov, S. Medetov, N. Nayipov, P. Shamshetov, R. Bekmuratov, S. Kaipov, B. Genjebayev, S. Kalilayev, P. Nurniyazov, S. Kalimov, N. Sultamuratov, A. Temirxanov va A. Adilbekov Jinoyat kodeksining 28,104, 104, 159, 164, 167, 227, 243, 244, 244-1, 247 va 277-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
20 nafar sudlanuvchiga nisbatan "qamoqqa olish", 1 nafariga "uy qamog‘i" va 1 nafariga "jamoa kafilligi" tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.
"Sud jarayoni ochiq tarzda o‘tkazilib, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun sud majlislarini videokonferensaloqa vositasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishga mo‘ljallangan hamda barcha texnik sharoitlar yaratilgan matbuot zali tashkil etilgan", deyiladi xabarda.
LiveBarchasi