Qoraqalpog‘istonda YPX inspektori mudhish YTH qurboni bo‘ldi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YHXB YPX otryadi 3-chi safarbar guruhi inspektori, safdor Daniyar Qairboyev o‘z xizmat vazifasini bajarish paytida halok bo‘ldi.

Joriy yilning 21 mart kuni Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida YHXB YPX otryadi inspektori safdor Daniyar Qairboyev o‘z xizmat vazifasini bajarish paytida mudg‘ish YTH qurboni bo‘ldi.

Hodisa Mo‘ynoq tumani hududidagi 4R-173 avtomobil yo‘lining 91-93 kilometri oralig‘ida yuz bergan. Safdor Daniyar Qairboyev o‘z xizmat vazifasini bajarish vaqtida UAZ-3303 rusumli avtotransport vositasini to‘xtatish vaqtida uni mast holda boshqarib kelayotgan haydovchi inspektorni urib yuborgan.

Natijada inspektor og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qoraqalpog'iston

Baholaganlar

592

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing