Qoraqalpog‘istonda to‘rt vazir jazolandi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining tegishli farmoyishi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari hamda topshiriqlarining bajarilishini tashkil qilish, hujjatlar bilan ishlash, ijro intizomini nazorat qilish, topshiriqlar ijrosini ta’minlashda yuzaga kelgan muammoli masalalarni hal etish yuzasidan o‘z vaqtida zarur choralar ko‘rmagani uchun bir qator vazirlarga jazo choralari qo‘llanildi.

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Z.Ziyadullayev, Sog‘liqni saqlash vaziri M.Kurbanov, Maktabgacha ta’limi vaziri J.Usnatdinova, Xalq ta’limi vaziri R.Reyimovga “hayfsan” e’lon qilindi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i T.Bayekeyevga nisbatan Vazirlar Kengashining 2021 yil iyul oyidagi farmoyishi bilan “hayfsan” e’lon qilinganligi inobatga olinib, o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarima jazosi qo‘llanildi.

Shuningdek, Vazirlar Kengashi Raisining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ye.Atashovga hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri B.Xabibullayevga nisbatan, Nukus shahri hokimi U.Panayev, Bo‘zatov tumani hokimi M.Qaypanov va Taxiatosh tumani hokimi I.Matkarimovlarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rish yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi nomiga taklif kiritilganligi ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston

Baholaganlar

222

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing