Qoraqalpog‘istonda tumanlar soni 15 taga yetadi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘istonda Bo‘zotov tumani qayta tashkil qilinadi. Xalq deputatlari Kegeyli tumani Kengashining navbatsiz o‘tkazilgan sessiyasida shu masala ko‘rib chiqildi.

Sessiya davomida Bo‘zotov tumanini tashkil qilish va ma’muriyat markazi qilib Bo‘zotov posyolka fuqarolar yig‘inini belgilash, “Qazanketken” mahalla fuqarolar yig‘inini “Bo‘zotov” posyolka fuqarolar yig‘ini etib qayta tuzish va “Qusqanatau”, “Aspantay”, “Erkindaryo” ovul fuqarolar yig‘ini va “Qazanketken” mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf qilish va aholining turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha tadbirlarni belgilash to‘g‘risidai masalalarga e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Kegeyli tumani Kengashining majlisida deputatlar bir ovozdan yangi tuman tashkil qilinishini qo‘llab-quvvatladi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga Bo‘zotov tumanini tashkil qilish va tuman chegaralarini tasdiqlash bo‘yicha taklif kiritildi.

Ma’lumot uchun, chorvachilikka ixtisoslashtirilishi mo‘ljallangan Bo‘zotov tumani ilk bor 1979 yilda tashkil topgan va 1988 yilda faoliyati tugatilib, 1990 yilda yana tuman sifatida tuzilgan. So‘ng 2004 yilda Kegeyli tumani tarkibiga kiritilgan.

Hozirda Qoraqalpog‘iston ma’muriy jihatdan 14 ta tuman va Nukus shahriga bo‘lingan. Bo‘zotov tumani qayta tashkil etilsa, 15-tuman bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston Bo'zotov

Baholaganlar

163

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made