Qoraqalpog‘istonda mezbon mehmonini so‘yib, a’zolarini mushugiga pishirib berdi
3-sahifa
−
10 Sentabr
23895Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi shaxs uyiga kelgan mehmonning teri va organlarning bir qismini kesib, qovurib, mushugiga berdi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
Bildirilishicha, mezbon va mehmon avval ichkilikbozlik qilgan, so‘ng janjal kelib chiqqan. Sudlanuvchi mehmonni hovliga olib chiqib, uni yerga yiqitgan va bo‘yniga pichoq tortgan. Shundan keyin u erkakning jinsiy a’zolarini, terining bir qismini kesib, mushugiga berish uchun tog‘oraga solib, o‘choqqa qaynatishga qo‘yadi. Tananing qolgan qismini esa ko‘zdan yo‘qotish uchun axlatga qo‘shib yoqib yuboradi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Beruniy tuman sudida ushbu ish ko‘rib chiqildi va sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismining bir qator bandlari bilan aybdor deb topildi. Unga nisbatan 20 yillik qamoq jazosi tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida 72 yoshli ota 41 yosh o‘g‘lini pichoqlab o‘ldirgandi.
LiveBarchasi