Qoraqalpog‘istonda qizning rasmlarini internetda tarqatish bilan “shantaj” qilgan erkak ushlandi
Jamiyat
−
29 aprel 2023
5964Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida qizning suratlarini tarqatish bilan tahdid qilgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘ng‘irot tumanida yashovchi E.A. (ayol) ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs tomonidan uning suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish orqali qo‘rqitib, pul talab qilgan shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Qo‘ng‘irot tumanida yashovchi 38 yoshli (erkak) R.S. sodir etgani aniqlandi. Unga ko‘ra, R.S. Telegram messenjerida notanish profil orqali E.A.ga rasmlarini jo‘natib, 5 000 000 so‘m pul talab qilgan. Shuningdek, agar pullarni bermasa, suratlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborishini aytib qizni qo‘rqitgan.
R.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi