Qoraqalpog‘istonda ikki kishini tuproq bosib qoldi
3-sahifa
−
24 dekabr 2021 8100 1 daqiqa
Joriy yilning 17 dekabr kuni Qoraqalpog‘istonda tuproq ko‘chishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston prokuraturasi ma’lum qildi.
Soat 16:40 larda Qo‘ng‘irot tumanida “Meliorator-Kungrad” ko‘p tarmoqli korxona ishchilari Qo‘ng‘irot-Mo‘noq avtomobil yo‘lining 3-4 km oralig‘ida yo‘l quvur o‘tkazmoqchi bo‘lishgan. 3,30 metr chuqurlikdan quvur o‘tkazmoqchi bo‘lishayotganda chuqurning ikki tarafi o‘yilib, ishchilarni tuproq va asfalt yo‘lning toshlari ostida qolgan.
Ko‘chki oqibatida korxona ishchilari 1969 yilda tug‘ilgan A.Q. tan jarohati olgan va 1986 yilda tug‘ilgan S.S voqea joyida vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan Qo‘ng‘irot tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025