Qoraqalpog‘istonda IIB boshlig‘i o‘rinbosari pora bilan ushlandi

3-sahifa

image

Qoraqalpog‘istonda IIB boshlig‘i o‘rinbosari pora olayotgan paytda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi xabar berdi.

Bildirilishicha, mansab vakolatidan foydalangan holda fuqaroga tegishli sirni fosh qilib, uni javobgar qilmoqchi bo‘lgan IIB mansabdori tovlamachalik yo‘li bilan fuqarodan Iphone 15 Pro Max talab qilgan.

Ariza beruvchining so‘zlariga ko‘ra, ushbu mansabdor Qo‘ng‘irot tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i, mayor unvoniga ega IIO xodimi bo‘lgan.

Mansabdorning gaplaridan qo‘rqib ketgan jabrlanuvchi fuqaro DXXning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasiga murojaat qilib, yordam so‘ragan.

Murojaatga asosan olib borilgan tadbirda mansabdor fuqarodan talab qilingan telefonni olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prokuror, tergovchi va advokat pora bilan qo‘lga tushgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

pora Qoraqalpog'iston IIB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing