Qoraqalpog‘istonda ajoyib tabiat hodisasi kuzatildi (video)

Jamiyat

Kecha, 22 fevral kuni Qoraqalpog‘istonning Chimboy tumani aholisi qushlarning o‘ziga xos “raqs”iga guvoh bo‘lishdi.

Ushbu tabiat hodisasi murmuratsiya deb ataladi. Bunda qushlar to‘dasi osmonda o‘ziga xos “bulut” hosil qilib, bir xilda harakatlanadi.

Qushlar ko‘pligiga qaramay, bir-biriga urilib ketmaydi. Ba’zida bo‘linsa ham keyin yana birgalashib, dinamik harakatni davom ettiradi. Ushbu ulkan “bulut”ning tezligi soatiga 40 kmgacha yetadi

Olimlar taxminiga ko‘ra, qushlar tashqi dushmandan himoyalanish uchun murmutsiyani tashkil qiladi. 

Ammo bu tabiat hodisasi olimlar tomonidan to‘lig‘icha o‘rganilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston

Baholaganlar

560

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing