Qoraqalpog‘istonda ayol va uning uch nafar farzandi o‘ldirib ketildi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida ayol va uning uch nafar voyaga yetmagan farzandlari o‘ldirib ketildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha, 28 mart kuni soat 07:30 da Xo‘jayli tumani, “Sarishungul” OFY, Shodlik ko‘chasida fuqaro K.K.ning yashash xonadoni oldidagi 3-4 metr chuqurlikdagi aylana shakldagi quduq ichidan fuqaro 02.02.1995 yilda tug‘ilgan U.T. va voyaga yetmagan 23.12.2018 yilda tug‘ilgan o‘g‘li I.K.ning, uy ichkarisidagi yotoqxonadan 16.01.2017 yilda tug‘ilgan M.K. va 02.06.2015 yilda tug‘ilgan K.I.ning murdalari topilgan.

Hodisa joyi tergov-tezkor guruhi xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirilgan.

Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, U.T. va uning voyaga yetmagan farzandi I.K. nafas yo‘llariga suv tiqilishi oqibatida, M.K. va K.I. nafas yo‘llari bo‘g‘ilishi oqibatida vafot etganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan 28 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Hozirda qotillik sodir etgan shaxsni aniqlash bo‘yicha barcha zaruriy tezkor-tergov choralari ko‘rilmokda.

Qayd etilishicha, tergovni borishi ustidan Bosh prokuraturaning aloxida nazorati o‘rnatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Qoraqalpog'iston

Baholaganlar

390

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing