Qoraqalpog‘istonda avtohalokat tufayli 5 kishi vafot etdi (video)

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Qo‘ng‘irot tumani “Jasliq” posyolka fuqarolar yig‘ini (PFY)da Nexia-3 va yuk mashinasi o‘rtasida avtohalokat yuzaga kelishi oqibatida 5 nafar odam vafot etdi. Bu haqda Qoraqalpog‘ston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Nexia-3 haydovchisi A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘li bilan Qo‘ng‘irot tumani “Jasliq” PFY markazidan Qo‘ng‘irot tumani yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelgan. Shu yo‘lning 960-961 kilometriga kelganda avtotransport boshqaruvini yo‘qotgan. Natijada qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan Mersedes-Benz yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.

Shuningdek, voqeaga guvoh bo‘lgan odamlarning aytishicha, hodisa oqibatida 5 kishi vafot etgan. Ularning ikkitasi erkak, uchtasi esa ayol kishi bo‘lgan.

Holat yuzasidan hozirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV qoshidagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-bo‘lim “a” (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

YTH Qoraqalpog'iston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing