Qoraqalpog‘istonda 42 yoshli bemor koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat

image

O‘Zbekistonda koronavirusdan navbatdagi o‘lim holati qayd etildi. Bu rasmiy e’lon qilingan 96-o‘lim bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida yashovchi 42 yoshli B.D.da (erkak) joriy yil 3 iyul kuni “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangan va Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchiligi, semizlik 2-darajasi asoratlari bilan kechgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

116

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing