Qoraqalpog‘istonda 3 mln 500 ming tonna sabzavot yetishtiriladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 17 aprel kuni Vazirlar Mahkamasining “Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilindi.

Qarorga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2019 yilda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalariga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, respublikada qariyb 172 ming gektar dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalariga sabzavotlar ekiladi hamda 3 mln 500 ming tonnadan ko‘proq sabzavot yetishtiriladi. 

Shundan, 23 ming gektar yerga piyoz, 18 ming gektarga sabzi ekiladi.

Jami 31 ming 500 gektar yerdan 667 ming tonna poliz ekinlari, 47 ming gektardan 1 mln tonnadan ko‘proq kartoshka, 26 ming 700 gektardan 80 ming tonna dukkakli ekinlar olish rejalashtirilgan.

Jami yetishtirilgan mahsulotlarning deyarli 5 mln tonnasi ichki iste’mol uchun, 690 ming tonnasi eksportga yo‘naltiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi

Baholaganlar

5

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing