Qoraqalpog‘istonda 3 kishiga “prava” olib bermoqchi bo‘lgan “uddaburon” ushlandi

3-sahifa

image

Qoraqalpog‘istonda 2100 AQSH dollari evaziga “prava” olib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda, 3 nafar fuqaroga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olib berishini aytib, 2 100 AQSH dollarini olayotgan shaxs voqea joyida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

prava uddaburon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing