Qoraqalpog‘istonda 15 yashar shovvozlar Cobalt’ni olib qochdi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanida 2 nafar voyaga yetmagan bolalar jinoiy til biriktirib, o‘zganing Cobalt rusumli avtomashinasini olib qochdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu hodisa joriy yilning 8 aprel kuni soat 00:15 larda tumanning Qozog‘iston ko‘chasida sodir bo‘lgan. Mazkur mahallada yashovchi 36 yoshli R.A.ga tegishli Cobalt avtomashisining kaliti bilan eshiklari ochilib, olib qochib ketilgan. So‘ngra avtomobil Sharxtor ko‘chasida qoldirib ketilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, ushbu jinoyatni 15 yoshli voyaga yetmagan I.A. va K.B.lar bir guruh bo‘lib oldindan jinoiy til biriktirib, sodir qilgani aniqlangan. Qonunbuzarlar ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan To‘rtko‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi doirasida, gumonlanuvchilar so‘roq qilinib, ulardan nima sababdan ushbu jinoyatga qo‘l urganliklari so‘ralgan. Voyaga yetmaganlar 6 aprel kuni jabrlanuvchining uyi yonidan o‘tib ketayotgan vaqtida mazkur avtomashina qarovsiz, eshiklari ochiq hamda kaliti o‘zida bo‘lganligidan foydalanib, avtomashinaning kalitini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanini aytgan. Oradan ikki kun o‘tib, bolalar avtomashina joyida turganligidan foydalanib, uni avval o‘g‘irlab ketgan.  Shunchaki avtomashinani boshqarish uchun olib qochganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda tergov harakatlari olib borilayotgani aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston IIB Cobalt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing