Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi Raisiga o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Atabek Ilxamovich Davletov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi saytida xabar berildi.

Atabek Ilxamovich Davletov – 1972 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida tavallud topgan. 1995 yil K.A.Timiryazov nomidagi Moskva qishloq xo‘jaligi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. 

Atabek Davletov o‘z mehnat faoliyati davomida qator mas’uliyatli lavozimlarda ish olib borgan. U ushbu kungacha “Qoraqalpoq agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyati direktori lavozimida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Qoraqalpog'iston

Baholaganlar

120

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing