Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi Raisiga o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 9 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni tashkiliy masala ko‘rildi. Bu haqda Vazirlar Kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumi qarori bilan Ahmedova Maryam Xalilayevna Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi rahbari etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar Maryam Ahmedova Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Avvalroq, Xorazm, Andijon, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimiga ham yangi o‘rinbosar tayinlagani haqida xabar berg‘an edik.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

70

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing