Qoraqalpog‘iston va Namanganda 1 mlrd so‘mlik ko‘mir talon-toroj qilindi
3-sahifa
−
17 dekabr
2190Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Namangan viloyatida ijtimoiy soha ob’ektlarini isitish uchun yetkazib berilgan ko‘mirni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda davlat xususiy sherikchilik bitimiga asosan ko‘mir yetkazib beruvchi “N.A.” MCHJga ijtimoiy soha ob’ektlarini isitish uchun yetkazib berilgan ko‘mir o‘lchovdan o‘tkazilganida, MCHJ mas’ul shaxslari umumiy bahosi 1 mlrd so‘mlik jami 2 514 tonna ko‘mirni talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Shu kabi, o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda davlat xususiy sherikchilik bitimiga asosan ko‘mir yetkazib beruvchi “O.D.” MCHJ rahbari O.Q. va boshqalar kuz-qish mavsumida Kosonsoy tumanidagi byudjet tashkilotlarini isitish uchun ajratilgan umumiy bahosi 263,1 mln so‘mlik 609,9 tonna ko‘mirni boshqa shaxslarga qimmat narxlarda sotib yuborib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm, Namangan viloyatlarida ko‘mir ta’minotidagi talon-torojliklar fosh etilgandi.
LiveBarchasi